Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Xoland «Real»ning ikki yulduzi bilan bir jamoada to‘p surishni istamayapti

Xoland «Real»ning ikki yulduzi bilan bir jamoada to‘p surishni istamayapti

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubining norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland Madridning «Real» klubiga o‘tishga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda ElNacional nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Xoland Xosep Gvardiola «Manchester Siti»ni tark etganidan so‘ng boshqa klubga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq qayd etilishicha, hujumchi madridliklar safida Kilian Mbappe va Vinisius Junior to‘p surayotgan bir paytda «Real»ga borish niyatida emas. Futbolchi ushbu ikki yirik yulduz soyasida qolishni istamayapti.

Xabar qilinishicha, Xolandning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasida 175 million yevro miqdorida tovon puli ko‘rsatib o‘tilgan.

Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Xoland barcha turnirlarda jami 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:07, 29.06.2026.
O'qildi: 5688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик