«Barselona», «Milan» va «PSJ» klublarining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 2026 yilgi Jahon chempionatida qaysi terma jamoa zafar quchishi haqidagi savolga javob berdi.
«Fransiya — Jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun asosiy favorit. Men ularni mag‘lub eta oladigan terma jamoalarni deyarli ko‘rmayapman. Fransuzlar butunlay boshqa darajada futbol o‘ynashmoqda», — dedi Ibrahimovich.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya milliy terma jamoasi o‘z guruhida 9 ochkodan 9 ochko to‘plab, 1-o‘rinni egalladi. Musobaqaning 1/16 finalida «uchranglilar» aynan Zlatanning vatani — Shvesiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.













