Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Simeone Alvaresdan qutulishga qaror qildi

Simeone Alvaresdan qutulishga qaror qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi argentinalik hujumchisi Xulian Alvares jamoani tark etishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning xabar berishicha, «matraschilar» bosh murabbiyi Diyego Simeone Alvaresning klubdan ketish istagini ommaviy ravishda e’lon qilganidan so‘ng, uni o‘z jamoasida ko‘rishni istamayapti. Mutaxassis tarkibda «Atletiko» uchun maydonda 100 foiz bor kuchini berishga tayyor bo‘lmagan futbolchi ishtirok etishini xohlamaydi.

Qayd etilishicha, Simeonening bu boradagi pozisiyasi qat’iy — u Alvaresni jamoada qolishga ko‘ndirish uchun vaqt va kuch sarflamoqchi emas. Murabbiyning fikricha, agar futbolchida «Atletiko» sharafini himoya qilish ishtiyoqi bo‘lmasa, u ketishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alvares faoliyatini faqat Kataloniyaning «Barselona» klubida davom ettirishga qaror qilgani sababli, bir nechta boshqa grand jamoalarning takliflarini rad etgan edi.

Kiritildi: 12:39, 29.06.2026.
O'qildi: 2932 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик