Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis de la Fuente: «Pedrining imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanamiz»

Luis de la Fuente: «Pedrining imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanamiz»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente «Barselona» yarim himoyachisi Pedri haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, «Qizil furiya» Jahon chempionati guruh bosqichida Kabo-Verde, Urugvay va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

«Biz Pedri o‘zini qulay his qilishi va bor imkoniyatlarini namoyish etishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz. Ba’zida biz undan hujumkor yarim himoyachi sifatida, raqib jarima maydonchasiga yaqinroq hududda foydalandik, chunki unda o‘sha o‘tkir so‘nggi pas bor va u hujumni yakunlashga qodir. Shu bilan birga, albatta, uning ortdan o‘yinni boshqarib berishi ham juda muhim. Ba’zi o‘yinlarda taktikadan kelib chiqib, futbolchilarni boshqacha joylashtirishga to‘g‘ri keladi. Menimcha, biz dunyodagi eng kuchli yarim himoyachilarga egamiz, ammo ularning har biri jamoaviy manfaatni shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yadi», – deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Ma’lumot uchun, Pedri Ispaniya terma jamoasi safida o‘tkazgan 40 ta uchrashuvda 5 ta gol va 4 ta assist muallifiga aylangan.

Kiritildi: 12:23, 01.06.2026.
O'qildi: 420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик