Yaqinda Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tdi va unda «PSJ» «Arsenal»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi (asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan). Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistlar bilan mikst-zonada bo‘lib o‘tgan suhbat videolari paydo bo‘ldi.
Ana shunday videolarning birida parijliklarning hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliyadan rus tilida izoh berish so‘ralgan. Gruziyalik futbolchi buni rad etgan va suhbatni ingliz tilida davom ettirgan.
Ma’lumki, Xvicha Kvarasxeliya avvalroq Rossiyada ikkita jamoa – «Lokomotiv» va «Rubin» sharafini himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Parij jamoasini ispaniyalik murabbiy Luis Enrike boshqarmoqda.













