Ispaniya terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dushanba kuni Ispaniya qirollik futbol federasiyasi rasmiy saytida futbolchilarning o‘yin raqamlari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi. FIFA qoidalariga ko‘ra, qaydnomadagi futbolchilar 1 dan 26 gacha bo‘lgan raqamlarni tanlashlari shart. «Qizil furiya» tarkibidagi futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:
1. Rayya, 2. Pubil, 3. Grimaldo, 4. Erik Garsiya, 5. Lyorente, 6. Merino, 7. Ferran Torres, 8. Fabian Ruis, 9. Gavi, 10. Olmo, 11. Yeremi Pino, 12. Porro, 13. Joan Garsiya, 14. Laport, 15. Baena, 16. Rodri, 17. Niko Uilyams, 18. Subimendi, 19. Yamal, 20. Pedri, 21. Oyarsabal, 22. Kubarsi, 23. Simon, 24. Kukurelya, 25. Munyos, 26. Borxa Iglesias.
Jahon chempionati-2026 guruh bosqichida Ispaniya terma jamoasi Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













