Kirish Ro'yxatdan o'tish

Antoni: «Men JCH-2026 da bo‘lishni istagandim, lekin hayot shunaqa»

Antoni: «Men JCH-2026 da bo‘lishni istagandim, lekin hayot shunaqa»

Baho:
+ | -

«Betis» hujumchisi Antoni Braziliya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun e’lon qilingan qaydnomasiga kira olmagani haqida fikr bildirdi.

«Men JCH-2026 da bo‘lishni istagandim, lekin hayot shunaqa. Bu mavsumda qilgan ishlarimdan juda faxrlanaman. Buni adolatsizlik deb o‘ylamayman, chunki yaxshi sifatlarga ega bo‘lgan futbolchilar juda ko‘p», — dedi Antoni «El Chiringuito TV»ga bergan intervyusida.

Bu mavsumda 26 yoshli braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda 14 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi «C» guruhida Marokash (13 iyun), Gaiti (19 iyun) va Shotlandiya (24 iyun) terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi.

Kiritildi: 08:11, 03.06.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик