Kirish Ro'yxatdan o'tish

Alba: «Yamal va Ronalduni Messi bilan solishtirib bo‘lmaydi»

Alba: «Yamal va Ronalduni Messi bilan solishtirib bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jordi Alba Lamin Yamal va Lionel Messi haqida yana o‘z fikrini bildirdi. Sobiq himoyachidan «ko‘k-anorranglilar»ning 18 yoshli yulduzini klubning argentinalik afsonasi bilan solishtirish qanchalik o‘rinli ekani haqida birinchi marta so‘rashmayapti. Alba o‘z fikrida qat’iy qolmoqda.

«Yamal — favqulodda iqtidor egasi. Uni hali 15 yoshligidan eslayman: albatta, o‘shanda u hozirgidek rivojlanmagan edi, lekin uning betakror texnikasi o‘shandayoq ko‘zga tashlangan. Agar Messi bilan solishtirish haqida gapiradigan bo‘lsak... Ha, Lamin «Barsa»da ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda, ammo men Leoni tengsiz, tarixdagi eng yaxshisi deb bilaman. Uni hech kim bilan solishtirib bo‘lmaydi. Krishtianu Ronaldu ham buyuk faoliyat o‘tkazdi, lekin men hech qachon Messiga o‘xshash o‘yinchini ko‘rmaganman», — deb keltiradi ispan OAVlari o‘tgan yilning oxirida faoliyatini yakunlagan Albaning so‘zlarini.

37 yoshli ispaniyalik futbolchi Lionel Messi bilan nafaqat «Barselona»da, balki «Inter Mayami»da ham birga to‘p surgan.

Kiritildi: 11:46, 03.06.2026.
O'qildi: 224 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик