«Real» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme «Barselona» hakamlarning xayrixohligidan foydalanadi, deb hisoblaydi.
«Ba’zida «Barsa» safida 12 kishi o‘ynaydi, chunki hakamlar ular tomonida», — dedi Rikelme «El Hormiguero» dasturiga bergan intervyusida.
La Liganing yakunlangan mavsumi natijalariga ko‘ra, «Barselona» 94 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempioni bo‘ldi. «Real» esa 86 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.













