Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/06 02:00 Panama 0-2 Angliya
28/06 02:00 Xorvatiya 2-1 Gana
28/06 04:30 Kongo DR 3-1 O‘zbekiston
28/06 04:30 Kolumbiya 0-0 Portugaliya
28/06 07:00 Jazoir 3-3 Avstriya
28/06 07:00 Iordaniya 1-3 Argentina
28/06 23:59 JAR 0-1 Kanada
29/06 22:00 Braziliya - Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya - Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya - Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi YTHga uchradi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi YTHga uchradi

Baho:
+ | -

Rossiya milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Fyodor Kudryashov yo‘l-transport hodisasiga uchrab, shifoxonaga yotqizildi. Tez orada jarrohlik amaliyoti o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda sportchining vakili Yelena Bolotova ma’lum qildi.

Avvalroq Medialiga Telegram-kanalida Kudryashov YTH oqibatida kasalxonaga yetkazilgani haqida ma’lum qilingan edi.

“Jarrohlik amaliyoti tez orada bo‘lib o‘tadi. Biz taxminan bir soat oldin gaplashdik, uning qo‘lini rentgen qilishmoqchi edi. Hozircha unga shifoxonadan ruxsat berishgani yo‘q. Eng muhimi, u tirik. Endi uni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi, ammo shifokorlar jarrohlik amaliyoti zarurligini allaqachon tasdiqlab bo‘ldi”, deydi Bolotova.

Ma’lumot o‘rnida, 39 yoshli Kudryashov faoliyati davomida Rossiyaning “Ximki”, “Spartak”, “Tom”, “Krasnodar”, “Terek” (hozirgi “Axmat”), “Rostov”, “Rubin”, “Fakel” va “Sochi”, shuningdek, Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” hamda “Antalyaspor” kabi klublarida to‘p surgan. Himoyachi Rossiya terma jamoasi safida jami 48 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan va 2018 yilgi Jahon chempionatining chorak finaliga qadar yetib borgan. Kudryashov 2025 yildan buyon Medialiganing “2Dros” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:54, 04.06.2026.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик