Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rikelme Peresning eng katta xatosini aytdi

Rikelme Peresning eng katta xatosini aytdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidentligi uchun bo‘lajak saylovlarda Florentino Peresning raqibi bo‘lgan Enrike Rikelme o‘z raqobatchisining asosiy xatosini aytdi. Rikelmega ko‘ra, klubning amaldagi prezidenti Xabi Alonsoni ishdan bo‘shatmasligi kerak edi.

«Alonso «Real» uchun ajoyib murabbiy edi, u haqiqiy madridist. Agar u qolganida, mavsum mutlaqo boshqacha kechishi mumkin edi», — deya Rikelmening so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso yanvarda ishdan bo‘shatilgan va uning o‘rnini Alvaro Arbeloa egallagandi. Murabbiylar almashinuvi jamoa natijalarini yaxshilamadi: jamoa mavsumni sovrinsiz yakunladi, Arbeloa esa uzoq vaqt qola olmadi — u mavsum tugashi bilan darhol jamoani tark etdi.

Kiritildi: 12:18, 04.06.2026.
O'qildi: 512 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик