Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Komo» Saudiya klubining rejalarini buzdi

«Komo» Saudiya klubining rejalarini buzdi

Baho:
+ | -

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Krasnodar» yarim himoyachisi Eduard Spersyanning transferiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda insayder Ivan Karpov.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 39 yoshli ispaniyalik mutaxassis bir oy avval Spersyanga telefon qilib, uning o‘tishiga shaxsan manfaatdor ekanligini tasdiqlagan. Italiya klubining qiziqishi tufayli Spersyan Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubiga ehtimoliy transferini hozircha to‘xtatib turdi (bundan avval ushbu klubning ham qiziqishi borligi haqida xabar berilgan edi).

2025/26 yilgi mavsumda «Krasnodar» tarbiyalanuvchisi barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

«Komo» jamoasi 71 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Keyingi mavsumda Fabregas jamoasi o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Kiritildi: 05:08, 05.06.2026.
O'qildi: 574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик