Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» direktori Kerrikning ishi va istiqbollariga baho berdi

«Manchester Yunayted» direktori Kerrikning ishi va istiqbollariga baho berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Omar Berrada jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Angliyalik mutaxassis shu yilning yanvar oyida Ruben Amorimning o‘rnini egallagan edi. Bahorning so‘nggida Karrik muvaffaqiyatli faoliyati uchun munosib taqdirlandi — u bilan shartnoma 2028 yilgacha uzaytirildi.

«Ilgari Mayklni shaxsan tanimas edim, shu sababli biz ilk bor ishga qabul qilish suhbatida uchrashdik. U haqida juda ko‘p ijobiy fikrlarni eshitgandim va ularning barchasi haqiqat bo‘lib chiqdi. U «Manchester Yunayted»ni yaxshi ko‘radi, klub qadriyatlarini teran tushunadi va odamlarni boshqarishni biladi. Futbolchilarning u bilan ishlash borasidagi fikrlari hammasini aytib turibdi. Kerrik kelgusi ikki yil davomida yoki undan ham ko‘proq vaqt jamoa bilan ishlash huquqini to‘laqonli ravishda qo‘lga kiritdi. Menimcha, yaqin mavsumlarda «MYU» yuqori cho‘qqilarda bo‘lishi uchun unda va uning murabbiylar shtabida barcha zarur fazilatlar mavjud», — deya ingliz OAVlari Berradaning so‘zlarini keltirmoqda.

«Qizil iblislar» Premyer-liganing yakunlangan mavsumida marrani uchinchi o‘rinda yakunlashdi.

Kiritildi: 09:02, 05.06.2026.
O'qildi: 379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик