«Kyoln»ning 19 yoshli hujumchisi Said El-Mala atrofidagi transfer hikoyasida kutilmagan burilish yuz berdi.
Angliyaning «Brentford» klubi futbolchi uchun bonuslar bilan birgalikda 50 million yevro taklif qilgan edi. Klublar kelishuvga juda yaqin kelishgandi. Biroq, Sky va Bild nashrlari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi bu transferni rad etgan.
Bunga o‘yinchining oilasi «Brentford» Saidning to‘ng‘ich akasi — Malek El-Mala bilan ham shartnoma imzolashini talab qilgani sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, Malekning Angliyada ishlash uchun ruxsatnoma (viza) olishida muammolar yuzaga kelgan.
Bundan bir necha hafta oldin El-Malaning «Brayton»ga transferi ham xuddi shunday barbod bo‘lgan edi. Shu tariqa, Angliyaning bir yo‘la ikkinchi klubi ham bu kurashda quruq qoldi. Yosh forvard kelasi mavsumni aynan qaysi klubda davom ettirishi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.













