Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa yulduzi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Zaxiraga olinish hech kimga yoqmaydi, jumladan Messiga ham. Men Messi bilan maslahatlashmasdan turib birorta ham qaror qabul qilmayman. Jamoani men boshqaryapman deb aytishdan hech qanday ma’no yo‘q. Biz qabul qiladigan barcha qarorlarimizni doimo Messi bilan muhokama qilamiz. Men undan nima deb o‘ylashini, o‘zini qanday his qilayotganini so‘rayman va biz o‘zaro kelishuvga erishishga harakat qilamiz.
Messi maydonda qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ham, u bizga juda ko‘p narsa beradi. Uning maydonda bo‘lgani yaxshiroq — u ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirishga qodir», — deya Skalonining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 17 iyun kuni Jazoir terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.













