Kirish Ro'yxatdan o'tish

Estevao: «Men juda ko‘p yig‘ladim»

Estevao: «Men juda ko‘p yig‘ladim»

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Estevao Villian bo‘lajak Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘lgan jarohatiga qanday munosabat bildirgani haqida gapirdi.

«Jahon chempionatida o‘ynash — bu ushalgan orzu, hamma bundan umid qiladi. Shuning uchun bu jarohat qalbimda ulkan qayg‘u soatlarini yaratdi. Men ota-onamning bag‘rida juda ko‘p yig‘ladim, hazil emas, chindan ham juda ko‘p yig‘ladim. Aynan shunday lahzalarda yaqin insonlaring yoningda bo‘lishi kerak va men bundan juda minnatdorman. Ammo hayot davom etadi. Endi eng muhimi — imkon qadar tezroq safga qaychish uchun tiklanish va davolanish jarayonini yaxshi o‘tkazish», — deya Estevaodan iqtibos keltiradi ESPN Brasil.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi Angliya chempionati doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan o‘yinda tizza orti paylarini yirtib olgan edi.

2025/26 yilgi mavsumda Estevao London klubi safida barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchini 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:59, 07.06.2026.
O'qildi: 727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик