Ingliz futboli afsonalari Jon Terri va Ian Rayt Jahon chempionatining ochilish uchrashuvida Meksikaga qarshi maydonga tushgan JAR terma jamoasining o‘yiniga baho berishdi. Mazkur bahsda meksikaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«Qizil kartochka tufayli ikkita majburiy o‘zgartirishni amalga oshirishga majbur bo‘ldingiz. Layl Foster ham uchrashuvni yomon boshladi, bu yana bir o‘zgartirishga sabab bo‘lishi mumkin edi. Menimcha, murabbiyingiz umuman boshqa o‘yinni tomosha qilgandek. Bu juda yomon o‘yin bo‘ldi, tan olish kerak», — deya Terrining so‘zlarini keltiradi SuperSport nashri.
Ian Rayt esa jamoaning taktik o‘zgarishlari haqida fikr bildirdi: «Ular tizimni o‘zgartirishdi. To‘g‘ri, ular turnirdan oldin ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishayotgani yo‘q edi, ammo 4-3-3 taktikasidan 3-5-2 ga o‘tilganidan keyin, maydonda nima qilishayotganini o‘zlari ham tushunmayotgani yaqqol ko‘rinib qoldi. Ular o‘z yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishlariga to‘g‘ri keladi. JAR futbolchilari juda yomon va pala-partish harakat qilishdi. Ularning vatanida bu o‘yinni aslo iliq kutib olishmaydi».
Guruh bosqichi yakuniga qadar JAR terma jamoasi Chexiya va Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.













