Markaziy himoyachi Tim Rim Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Paragvayga qarshi uchrashuvda AQSH terma jamoasining boshlang‘ich tarkibidan joy oldi.
“Sharlott” sharafini himoya qilayotgan faxriy futbolchi amerikaliklar tarixida mundiallarda maydonga tushgan eng yoshi katta o‘yinchiga aylandi, deb xabar bermoqda jurnalist Ben Jeykobs.
Rim hozirda 38 yoshu 250 kunlik — u o‘z vaqtida 38 yoshu 162 kunligida maydonga tushib, avvalgi rekordni o‘rnatgan Fernando Klavixodan o‘zib ketdi.













