Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Kanada polisiyasi Bosniya va Gersegovinaning ikki muxlisini hibsga oldi

Kanada polisiyasi Bosniya va Gersegovinaning ikki muxlisini hibsga oldi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan Kanadaga qarshi uchrashuv (1:1) oldidan Bosniya va Gersegovina terma jamoasining ikki nafar muxlisi qo‘lga olindi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Voqea o‘yin boshlanishiga taxminan 50 daqiqa qolganda sodir bo‘lgan. Toronto polisiyasiga tribunalardagi tartibbuzarliklar haqida xabar kelib tushgan. Natijada ikki nafar polisiya ofiseri hujumga uchragan va yengil jarohat olgan. Bosniyalik muxlislar guruhiga mansub ikki erkak hibsga olingan. Ularga nisbatan polisiya xodimiga hujum qilish ayblovi qo‘yilgan. Tribunalardagi dastlabki mushtlashuvda hech kim jarohat olmagan.

Uchrashuv Kanada terma jamoasi uchun o‘z uyida o‘tgan bo‘lsa-da, bosniyalik ishqibozlar o‘z jamoalarini juda kuchli tarzda qo‘llab-quvvatlab turishdi. Manbaning baholashicha, shaharda 30 mingga yaqin bosniyalik bo‘lgan va ulardan taxminan 10 ming nafari stadionga tashrif buyurgan.

Kiritildi: 17:13, 13.06.2026.
O'qildi: 198 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик