Turkiya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida Avstraliyaga imkoniyatni boy berdi (0:2). Turklar raqibning atigi 9 ta zarbasiga javoban ularning darvozasi tomon naqd 30 ta zarba yo‘llashdi, biroq darvozani ishg‘ol eta olishmadi.
Opta tahliliy portalining ma’lumotlariga ko‘ra, bu jahon chempionatlari tarixida 1974 yildan beri ilk bor bir uchrashuvda 30 ta yoki undan ko‘p zarba bergan jamoaning gol ura olmay mag‘lub bo‘lishidir.
52 yil muqaddam xuddi shunday «natija» Shvesiyaga yirik hisobda (0:3) yutqazgan Urugvay terma jamoasi tomonidan qayd etilgan edi. Bir o‘yinda 30 tadan ortiq zarba berib, umuman gol ura olmaslik bilan bog‘liq oxirgi holat esa 2006 yilda kuzatilgan: o‘shanda Portugaliya terma jamoasi 1/4 finalda Angliyaga qarshi bahsda (0:0) shunday ko‘rsatkich qayd etgandi.













