«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi jamoaning yangi a’zosi Entoni Gordon haqida fikr bildirdi.
«U juda yaxshi o‘yinchi. Men uni ko‘p kuzatganman va diqqat bilan o‘rganganman, chunki joriy mavsumda unga qarshi o‘ynaganmiz. U juda universal hujumchi, bo‘sh hududlardan samarali foydalana oladi», — deya Kubarsining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
«Barselona» 25 yoshli Gordonni yozgi transfer oynasida «Nyukasl»dan 80 million yevro evaziga sotib oldi. O‘tgan klublar mavsumida Gordon barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













