Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Van Deyk Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Van Deyk Niderlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Baho:
+ | -

JCH-2026 o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda soccernet.nl portali Algemeen Dagblad nashriga tayanib xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, terma jamoadagi faoliyatini tugatish haqidagi fikrlar Yevro-2024dan keyinoq paydo bo‘lgan.

«Oldingi Yevropa chempionatidan keyin davom etish-etmaslik borasida haqiqatdan ham ikkilangan edim. O‘shanda jamoa atrofidagi salbiy holatlardan juda charchagan edim. Shunchaki hammaga baqiraverish yaramaydi — bir-birini ijobiy rag‘batlantirish va jamoadagi har bir insonning rolini muhim deb bilish kerak», — dedi Niderlandiya terma jamoasi sardori intervyusida.

Van Deyk har qanday holatda ham klub darajasida o‘ynashda davom etishni rejalashtirmoqda. Biroq kelasi yozda uning «Liverpul»da qolish-qolmasligi noma’lum. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola boshqa sardor tayinlamoqchi, futbolchining o‘zi esa Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida faol mish-mishlar tarqalmoqda.

Kiritildi: 15:34, 14.06.2026.
O'qildi: 250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик