Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Dibala: «Mening kelajagim? Har narsa bo‘lishi mumkin»

Dibala: «Mening kelajagim? Har narsa bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

Argentinalik futbolchi Paulo Dibala o‘zining yaqin kelajagi haqida gapirib, «Roma»dagi to‘rt yillik faoliyatidan so‘ng hozir har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligiga shama qildi.

«Ko‘ramiz, nima sodir bo‘larkin. Hozir men uchun barcha klublar ehtimoliy variant bo‘lishi mumkin. Hozircha, shu oyning oxiriga qadar men «Roma» o‘yinchisi bo‘lib qolaman va shu sababli, klubga bo‘lgan hurmatim yuzasidan kelajagim haqida haddan tashqari ko‘p gapirishni istamayman», - deya Dibalaning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o‘tamiz, Dibala «Roma»ga o‘tishdan oldin yetti yil davomida Turinning «Yuventus» klubida to‘p surgan. U Argentina terma jamoasining hozirda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy olmadi.

Kiritildi: 17:05, 14.06.2026.
O'qildi: 769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик