Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Tottenxem» o‘z himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

«Tottenxem» o‘z himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

Himoyachi Pedro Porro «Tottenxem»da o‘ynashda davom etadi. Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, London klubi futbolchi bilan yangi shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olgan.

Tomonlar 2031 yilning iyun oyigacha amal qiladigan bitimga imzo chekishdi. Bundan tashqari, shartnomaga uni yana bir mavsumga — 2032 yilning yozigacha uzaytirish bandi ham kiritilgan.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, yangi shartnoma bilan birga ispaniyalik futbolchining maoshi ham oshiriladi. Shu bilan birga, boshqa klublar, jumladan «Manchester Siti» tomonidan bo‘lgan qiziqish vaziyatga ta’sir ko‘rsatmagan. Qayd etilishicha, «Tottenxem» hech qachon futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqmagan va uni daxlsiz deb hisoblaydi.

Porro London jamoasi sharafini 2023 yildan buyon himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 17:07, 14.06.2026.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик