Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Ispaniya terma jamoasi futbolchilari JCH-2026 uchun mukofot pullardan qaysi shartda voz kechishlari ma’lum bo‘ldi

Ispaniya terma jamoasi futbolchilari JCH-2026 uchun mukofot pullardan qaysi shartda voz kechishlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+2 | -

Ispaniya terma jamoasi futbolchilari agar jamoa turnirning 1/4 final bosqichigacha yetib bormay musobaqani tark etsa, 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki uchun beriladigan mukofot pullardan voz kechishadi. Bu haqda Actu Foot nashri mashhur L’Équipe onlayn-nashri ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ispanlar «Furiya Roxa»ning g‘alabasi bilan yakunlangan Yevro-2024 musobaqasida ham xuddi shunday pozisiyani egallashgan edi. Ispaniya JCH-2026dagi yurishini «H» guruhidan boshladi, u yerda jamoaga Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari raqiblik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Turnir 11 iyun kuni start oldi va 19 iyulga qadar davom etadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Kiritildi: 16:14, 15.06.2026.
O'qildi: 1652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик