Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

JCH-2026. Eron va Yangi Zelandiya o‘rtasida jangovar durang qayd etildi

JCH-2026. Eron va Yangi Zelandiya o‘rtasida jangovar durang qayd etildi

Baho:
+ | -

Eron milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi — 2:2.

Uchrashuv davomida yangi zelandiyaliklar ikki bor hisobda oldinga chiqib olishdi — yarim himoyachi Elayja Jast dubl qayd etdi (7 va 54-daqiqalarda). Eronliklar esa ikkala safar ham muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi: 32-daqiqada himoyachi Ramin Rizoiyan, 64-daqiqada esa Muhammad Mohebi raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Yangi Zelandiya terma jamoasi bir ochko bilan JCH-2026 «G» guruhi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Eron terma jamoasi ham (bir ochko) ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Guruh bosqichining 2-turida Yangi Zelandiya 22 iyun kuni Misr bilan, Eron esa 21 iyunda Belgiya bilan kuch sinashadi.

ERON — YANGI ZELANDIYA — 2:2
Gollar: Elaja Jast 7 (0:1), Ramin Rizoiyan 32 (1:1), Elaja Jast 54 (1:2), Muhammad Mohebi 64 (2:2).
Eron: Beyranvand, Xalilzoda, Nemati, Muhammadi, Rizoiyan, Ezzatollahi, Goddos (Hajsafi, 65), Yusefi (Qoyidi, 46), Mohebi, Taremi (Husaynzoda, 80), Mog‘anlu (Alipur, 53).
Yangi Zelandiya: Krokomb, Boksall, Sarmen, Kakache (Old, 68), Peyn (Elliot, 78), Bell, Stamenich (Bindon, 90), Singx (Rendell, 90), Jast, Makkovatt (Tomas, 68), Vud.
Ogohlantirish: Hajsafi (89).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:49, 16.06.2026.
O'qildi: 829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик