Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ngolo Kante Senegal terma jamoasi haqida fikr bildirdi. Afrika Kubogi g‘olibi allaqachon Jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchisiga aylanib ulgurgan va hatto ushbu turnirning chorak finaligacha yetib borgan. 2002 yilda Fransiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk start uchrashuvida aynan Senegalga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
"Biz e’tiborli bo‘lishimiz kerak, Senegal — juda dovyurak va shiddatli jamoa. Jahon chempionati kabi turnirlarni yaxshi boshlab olish o‘ta muhim hisoblanadi", — deya Kantening so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it portali.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Senegal terma jamoalari bugun oqshom, soat 22:00 da o‘zaro kuch sinashadilar.













