Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Futbol tarixida ilk bor ona va o‘g‘il jahon chempionatlarida ishtirok etdi

Futbol tarixida ilk bor ona va o‘g‘il jahon chempionatlarida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatlari tarixida ilk bor ona va o‘g‘il dunyoning eng nufuzli futbol musobaqasida ishtirok etdi. 16 iyun kuni JCH—2026 musobaqasining guruh bosqichidan o‘rin olgan Eron va Yangi Zelandiya (2:2) uchrashuvida himoyachi Tayler Bindon o‘zining jahon chempionatlaridagi debyutini nishonladi. U o‘yinning so‘nggi daqiqalarida maydonga tushib, jamoasiga yordam berdi.

Ushbu voqea tasodif emas. Tayler futbol olamiga begona emas — uning onasi Jenni Bindon Yangi Zelandiya ayollar futboli afsonalaridan biri hisoblanadi. U o‘z vaqtida terma jamoa safida 77 ta o‘yin o‘tkazgan. Jenni 2007 va 2011 yillardagi jahon chempionatlari hamda 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan tajribali futbolchi edi. Bugun esa uning o‘g‘li onasining izidan borib, erkaklar o‘rtasidagi mundialda o‘zini ko‘rsatmoqda. Bu holat Jahon chempionatlari tarixida ilk marta kuzatilgan holat.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tmoqda. Turnir 11 iyunda boshlanib, 19 iyulga qadar davom etadi. Musobaqaning amaldagi chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Argentinaliklar 2022-yilgi Qatardagi mundial finalida Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioni bo‘lgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:54, 16.06.2026.
O'qildi: 3429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик