Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Desham: «Biz xavotirlandik va hayajonlandik»

Desham: «Biz xavotirlandik va hayajonlandik»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH-2026 doirasida uning jamoasi Senegal ustidan g‘alaba qozongan (3:1) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu yengillik bo‘ldi. Biz biroz xavotirlandik va hayajonlandik. Senegal yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Usmon Dembele va Maykl Olisening pozisiyalarini o‘zgartirib, erkinroq va bemalolroq o‘ynashni boshlaganimizdan so‘ng, Bredli Barkola jiddiy xavfga aylandi. To‘rtta jamoadan iborat guruhda birinchi o‘yindagi g‘alaba hali hech narsani hal qilmaydi.

Fransiyalik muxlislar juda uzoqdan kelishmoqda, bu qimmatga tushadi. G‘alaba qozonib, bu hissiyotlarni baham ko‘ra olsang, futbol juda go‘zal tus oladi.

Barkola? Boshlang‘ich tarkibdan joy olishga da’vogarlik qila oladigan futbolchilar juda ko‘p. Rayan Sherki ham shular jumlasidan. Bizga hammaning yordami kerak bo‘ladi», — deya Deshamning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

«I» guruhiining 2-turida Fransiya milliy terma jamoasi Iroq bilan (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan (26 iyun) to‘qnash keladi.

Kiritildi: 03:03, 17.06.2026.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик