O‘zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov milliy jamoaning JCH-2026dagi debyut uchrashuvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatib, bu qiyin raqibga qarshi ochko yoki ochkolarni qo‘lga kiritishlariga umid qilaman. Biz bu maqsad sari juda uzoq yo‘l bosib o‘tdik. O‘zbekiston terma jamoasi ushbu turnirga o‘zining eng yaxshi sport formasida kelgan bo‘lishini istayman», — dedi Denisov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk jahon chempionati uchrashuvini Kolumbiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Bahs 18 iyun kuni Meksika shahridagi mashhur "Asteka" stadionida bo‘lib o‘tadi.













