Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh 2-0 Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya - Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador - Kyurasao
21/06 09:00 Tunis - Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron

O‘zbekiston JCH-2026dagi ilk golini urdi, ammo Kolumbiyaga yutqazdi

O‘zbekiston JCH-2026dagi ilk golini urdi, ammo Kolumbiyaga yutqazdi

Baho:
+ | -2

Jahon chempionati-2026 guruh bosqichi "K" guruhi 1-turida O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv Meksikaning poytaxti Mexikoda joylashgan mashhur «Asteka» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yinni angliyalik hakam Entoni Teylor boshqardi.

Kolumbiya hisobni 40-daqiqada ochdi — Daniel Munyos Luis Diasning uzatmasidan so‘ng gol urdi.

Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi hisobni tenglashtirdi. 60-daqiqada Abbosbek Fayzullayev gol urib, jamoasini o‘yinga qayta qaytardi.

Biroq ko‘p o‘tmay kolumbiyaliklar yana oldinga chiqib olishdi. 65-daqiqada raqiblar maydon markazida Shomurodovdan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujumga o‘tishdi. Luis Dias qulay vaziyatdan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

Shundan so‘ng tashabbus O‘zbekiston tomoniga o‘tdi. O‘yin so‘ngida Akmal Mozgovoy qulay vaziyatdan aniq zarba bera olmadi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishi arafasida, 90+9-daqiqada kutilmagan joyda uchinchi golni o‘tkazib yubordik: Xaminton Kampas uchinchi golni kiritib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

O‘zbekiston ikkinchi golni urishi ham mumkin edi. 18 yoshli Behruz Karimov 30 metrlardan juda kuchli zarba yo‘lladi. To‘p esa to‘singa tegib qaytdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixidagi birinchi jahon chempionati o‘yinini mag‘lubiyat bilan yakunladi.

Jahon chempionati-2026. "K" guruhi, 1-tur
18 iyun, 2026 yil
O‘zbekiston — Kolumbiya — 1:3
Gollar: Munyos, 40 (0:1), Fayzullayev, 60 (1:1), Luis Dias, 65 (1:2), Kampas, 90+9 (1:3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:09, 18.06.2026.
O'qildi: 1145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик