Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Morgan: «Tasavvur qiling, Angliya AQSH mustaqilligining 250 yilligida, aynan Trampning qo‘lidan JCH kubogini qabul qilib olsa...»

Morgan: «Tasavvur qiling, Angliya AQSH mustaqilligining 250 yilligida, aynan Trampning qo‘lidan JCH kubogini qabul qilib olsa...»

Baho:
+ | -

Taniqli teleboshlovchi Pirs Morgan Angliya milliy terma jamoasi AQSH Mustaqillik deklarasiyasi qabul qilinganining 250 yilligi nishonlanadigan yilda, aynan Amerika maydonida JCH-2026 g‘olibiga aylanishidan umid qilmoqda.

Ushbu tarixiy voqea sharafiga AQSHda har yili 4 iyul kuni Mustaqillik kuni keng nishonlanadi. Jahon chempionati esa 19 iyul kuni yakuniga yetadi. Eslatib o‘tamiz, inglizlar turnirni Xorvatiya ustidan qozonilgan g‘alaba (4:2) bilan boshlashdi.

«Tasavvur qiling, Angliya terma jamoasi Amerika bizni [britanlarni] o‘z uyiga jo‘natib yuborgan kunning 250 yilligini nishonlaydigan oyda, aynan AQSHda Jahon chempionatini yutib olsa. Va prezident Tramp kubokni shaxsan bizga topshirishga majbur bo‘lsa.

Buning uchun, o‘zimning eski qizil pidjagimning changini artib, kiyishimga to‘g‘ri keladi, shekilli», — deb yozdi Morgan o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya va isyon ko‘targan Shimoliy Amerika koloniyalari o‘rtasidagi urush 1783 yilda yakunlangan. O‘sha davrda britan askarlari qizil rangli harbiy kiyim kiyishgan.

Kiritildi: 10:25, 18.06.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик