Fransiya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olise joriy transfer oynasida Madridning «Real» klubi uchun asosiy maqsad bo‘lib turibdi.
Mundo Deportivo jurnalistlarining xabar berishicha, «qaymoqranglilar» rahbari Florentino Peres yulduz vingerni qo‘lga kiritish uchun bor kuchini ishga soladi. Prezident muzokaralarda Mayklning milliy jamoadagi sheriklari bo‘lgan Kilian Mbappe va Orelyen Tchuamenining yordamiga umid qilmoqda.
Transfermarkt 24 yoshli fransiyalik futbolchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholamoqda. Olisening «Bavariya» bilan shartnoma majburiyatlari 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.













