Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Manchester Yunayted» «Real»ning 60 million yevrolik futbolchisini nishonga oldi

«Manchester Yunayted» «Real»ning 60 million yevrolik futbolchisini nishonga oldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» jamoa tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. The Touchline nashrining jurnalist Migel Serranoga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, «qirollik klubi» 23 yoshli Kamavinganing transfer bahosini 60 million yevro etib belgilagan. Futbolchining Ispaniya La Ligasi grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Eduardo Kamavinga ayni paytda ta’tilda dam olmoqda. U Fransiya terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasidan joy olmagan edi. Yakunlangan mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 14:27, 20.06.2026.
O'qildi: 4340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик