Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Kukurelyaning Mourinyo bilan suhbatda aynan nimadan hayratga tushgani ma’lum bo‘ldi

Kukurelyaning Mourinyo bilan suhbatda aynan nimadan hayratga tushgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya faoliyatida keskin burilish yasab, «Chelsi»dan Madridning «Real» klubiga o‘tishga qaror qildi.

Ushbu transfer 15 iyun kuni rasman e’lon qilingan edi. Ma’lum bo‘lishicha, «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo ispaniyalik futbolchini o‘z jamoasiga o‘tishga shaxsan ko‘ndirgan. ESPN nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis bilan telefon orqali gaplashgan Kukurelya ushbu murabbiyning mayda detallarga bo‘lgan e’tiboridan hayratda qolgan.

Xususan, suhbat davomida «The Special One» Kukurelyaning 2025 yil sentyabr oyida Chempionlar ligasi doirasida «Chelsi» va «Benfika» o‘rtasida kechgan bahsdagi muayyan taktik harakatlarini sinchiklab eslab o‘tgan. Joze mana shu usul orqali Markni u haqiqatan ham «Real» uchun juda zarur futbolchi ekanligiga ishontira olgan.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyo o‘tgan mavsum yakuniga qadar «Benfika» klubini boshqarib kelayotgan edi. Yozda esa u bundan 13 yil avval tark etgan sobiq jamoasi — Madridning «Real» klubiga bosh murabbiy sifatida qaytishga qaror qildi.

Kiritildi: 10:23, 21.06.2026.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик