Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy - Barselona
13/10 23:59 Atletiko - Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal - Lill
13/10 23:59 Vilyarreal - Napoli
13/10 23:59 Inter - Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig - PSV
13/10 23:59 Viking - Bavariya

O‘zbekiston - Portugaliya o‘yini munosabati bilan Toshkent metrosi ish vaqti uzaytiriladi

O‘zbekiston - Portugaliya o‘yini munosabati bilan Toshkent metrosi ish vaqti uzaytiriladi

Baho:
+3 | -

23 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati doirasidagi navbatdagi muhim uchrashuvini o‘tkazadi. Belgilangan vaqtga ko‘ra, bahs soat 22:00 da start oladi.

Mazkur o‘yin munosabati bilan Toshkentda futbol muxlislari harakati sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Shu sababli yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida «Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi metro harakati vaqtini uzaytirishga qaror qildi.

Ma’lum qilinishicha, 23 iyun kuni metro yo‘lovchilarga tungi soat 01:00 ga qadar xizmat ko‘rsatadi. Qo‘shimcha ish rejimi uchrashuv yakunlanganidan keyin muxlislarning o‘z manzillariga xavfsiz va qulay yetib borishlarini ta’minlashga qaratilgan.

Metropoliten ma’muriyati yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishni hamda metro xizmatlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.

Shuningdek, «Toshkent metropoliteni» jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bo‘lajak uchrashuvda omad va muvaffaqiyat tilab, barcha muxlislarni terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:44, 22.06.2026.
O'qildi: 1780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик