Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

Balogun «Monako»ni 50 million evaziga tark etishi mumkin

Balogun «Monako»ni 50 million evaziga tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun shu yozdayoq klubini o‘zgartirishi mumkin. «The Athletic» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «Monako» safida to‘p tepayotgan 24 yoshli forvard jamoadan ketishga moyillik bildirmoqda, unga Angliya va Yevropaning boshqa chempionatlaridagi bir nechta klublar qiziqish ko‘rsatmoqda.

Balogun o‘z uyida o‘tayotgan jahon chempionatini yorqin tarzda o‘tkazmoqda. Paragvayga qarshi o‘yinda (4:1) u dubl qayd etdi va 1930 yildan beri mundialning bitta o‘yinida ikkita gol urgan birinchi amerikalikka aylandi. So‘ngra hujumchi Avstraliyaga qarshi bahsda (2:0) golli uzatmani amalga oshirib, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Hujumchining «Monako» bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi, biroq uni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmayapti. Manbaning xabariga ko‘ra, monegasklar futbolchi uchun taxminan 50 million yevro ishlab olishni ko‘zlashmoqda, bu esa klubga amerikalikni 2023 yilda sotib olgan summasiga nisbatan sezilarli foyda keltiradi.

Yakunlangan mavsumda Balogun o‘sishda davom etdi va 30 ta o‘yinda 13 ta gol urib, Fransiya chempionatining eng xavfli hujumchilaridan biri sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Uning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki potensial xaridorlarning qiziqishini yanada oshirdi.

Kiritildi: 15:29, 23.06.2026.
O'qildi: 1012 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик