Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Gattuzo Italiya klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Gattuzo Italiya klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo «Latsio»ning yangi ustoziga aylandi. Bu haqda rimliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

48 yoshli mutaxassis «Lasio» bilan 2028 yilga qadar mo‘ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega mehnat shartnomasini imzoladi. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, Gattuzoning klubdagi maoshi yiliga bir yarim million yevroni tashkil qiladi.

Gattuzoning oxirgi ish joyi Italiya terma jamoasi bo‘lgan edi, u jamoani jahon chempionati – 2026 ga olib chiqa olmadi. Mutaxassis aprel oyida iste’foga chiqarilgan edi.

2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Lasio» Italiya Seriya A turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Jamoa 38 ta turda 54 ochko jamg‘ardi va yevrokuboklarga yo‘llanma ololmadi.

Kiritildi: 18:27, 23.06.2026.
O'qildi: 1249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик