Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay - Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 AQSh - Belgiya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

«Real» futbolchilari JCH-2026 to‘purarlari orasida yetakchilik qilmoqda

«Real» futbolchilari JCH-2026 to‘purarlari orasida yetakchilik qilmoqda

Baho:
+-1 | -

"Real Madrid" klubi futbolchilari JCH-2026 da eng sermahsul o‘yin ko‘rsatayotgan klub vakillari bo‘lib turishibdi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, «Qirollik klubi» futbolchilari joriy mundialda jami yettita gol urgan. Bu esa dunyo klublari orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

«Real»ning gollariga Kilian Mbappe 4 ta, Vinisius Junior 2 ta va Jud Bellingem 1 ta gol bilan hissa qo‘shgan.

Ikkinchi o‘rinni kutilmaganda "Kristal Pelas" egallab turibdi. London klubi futbolchilari mundialda oltita gol muallifi bo‘lishgan.

Jamoa safida Daiti Kamada, Daniel Munyos va Ismaila Sarr ikkitadan gol urgan.

Qizig‘i shundaki, JCH-2026 boshlangunga qadar «Kristal Pelas» tarixida jahon chempionatlarida gol urgan yagona futbolchi Mayl Yedinak edi. U 2014 yilgi jahon chempionatida Niderlandiyaga qarshi bahsda gol urgan.

Shu tariqa, «Real» futbolchilari JCH-2026 ning klublar kesimidagi to‘purarlar reytingida peshqadam bo‘lib turibdi. «Kristal Pelas» esa ko‘plab Yevropa grandlarini ortda qoldirib, reytingning eng katta syurpriziga aylandi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 19:08, 24.06.2026.
O'qildi: 2323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик