Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Xabi Alonso «Chelsi»ga «Real» tarbiyalanuvchisini olib kelmoqchi

Xabi Alonso «Chelsi»ga «Real» tarbiyalanuvchisini olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Komo» klubi himoyachisi Xakobo Ramon faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

The Athletic nashrining xabar berishicha, 21 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Chelsi» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik himoyachini «ko‘klar» tarkibida ko‘rishni shaxsan jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso xohlamoqda. Alonso va Ramon 2018/19 yilgi mavsumda, mutaxassis «Real»ning o‘smirlar jamoasini boshqargan mahalda birga ishlagan. Qayd etish joizki, Xakobo Ramon aynan Madrid klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Xakobo Ramon 2025 yili 2 million yevro evaziga «Real»dan «Komo» klubiga ko‘chib o‘tgan edi. Uning Italiya jamoasi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Futbolchi yakunlangan 2025/26 yilgi mavsumda «Komo» safida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Nufuzli Transfermarkt portali Ramonning transfer bahosini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 03:27, 25.06.2026.
O'qildi: 1887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик