Yaqindagina Londonning «Chelsi» klubidan Madridning «Real» jamoasiga ko‘chib o‘tgan Ispaniya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya boshqa klublardan bo‘lgan qiziqishlar haqida so‘zlab berdi.
Xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga La Liganing yana ikki grandi — «Barselona» va «Atletiko» klublari ham da’vogarlik qilgan. Bundan tashqari, matbuotda futbolchining «matraschilar» bilan og‘zaki kelishuvga erishgani to‘g‘risida ham xabarlar tarqalgan edi.
«Barselona» tomonidan hech qanday qiziqish bo‘lgani yo‘q, ammo «Atletiko» menga haqiqatan ham jiddiy qiziqish bildirgandi. Biroq hozir eng muhimi — men «Real» futbolchisiman, transfer rasman yakunlandi. Umid qilamanki, biz bu yerda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritamiz va men ushbu yangi tajribadan zavq olaman», — deya ispaniyalik himoyachining Radioestadio Noche nashriga bergan intervyusidan iqtibos keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mark Kukurelya asli «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shu boisdan ham uning «qirollik klubi» lageriga ko‘chib o‘tish qarori «ko‘k-anorranglilar» muxlislarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.













