Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Kinski "Tottenxem" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

Kinski "Tottenxem" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

Golkiper Antonin Kinski yangi besh yillik shartnoma orqali o‘z kelajagini Londonning "Tottenxem" klubi bilan bog‘laydi. Bu haqda The Athletic nashri yozmoqda. Roberto de Dzerbi "shporlar" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so‘ng, Kinski klubning asosiy darvozaboniga aylandi.

Kichik Kinski — "Saturn" klubi sobiq darvozaboni Antonin Kinskining o‘g‘li hisoblanadi. Yosh posbon bundan bir yarim yil avval Praganing "Slaviya" klubidan transfer qilinib, London klubi a’zosiga aylangan edi. Yakunlangan mavsum doirasida u 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan jami 12 ta gol o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Tottenxem" darvoza chizig‘ini Angliya Premyer-ligasida "Nyukasl" sharafini bir necha yil davomida himoya qilgan tajribali darvozabon bilan kuchaytirib olgan edi.

Kiritildi: 23:22, 25.06.2026.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик