Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

"Real"ning Xulian Alvares borasidagi pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

"Real"ning Xulian Alvares borasidagi pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Hujumchi Xulian Alvares "Atletiko"dan "Barselona"ga o‘tishni istamoqda, garchi matbuotda argentinalik futbolchi Madridning "Real" klubi bilan ham bog‘lanayotgan bo‘lsa-da. AS nashri sahifalarida "qaymoqranglilar"ning Alvares borasidagi pozisiyasi haqida maqola chop etildi.

Ushbu maqolada qayd etilishicha, "Real" o‘z tarkibini shakllantirishda butunlay boshqa maqsadlarga e’tibor qaratgan. Madridliklar Alvares atrofidagi vaziyatni masofadan turib, faqat chetdan kuzatishmoqda.

"Hozirda Madrid klubi boshqa maqsadlarga e’tibor qaratgan va Xulian Alvares atrofidagi vaziyatni chetdan kuzatmoqda. Ular futbolchining bayonotlaridan norozi bo‘lgan "Atletiko" rahbariyatining bunga qanday munosabat bildirishini kutishmoqda", — deyiladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida "Real" Alvares uchun 150 million yevro taklif qilgan edi. O‘shanda "Atletiko" ushbu taklifga darhol rad javobini bergan.

Kiritildi: 23:28, 25.06.2026.
O'qildi: 4030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик