Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar 1-2 Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

Nagelsmann Kimmixni yarim himoyaga qaytarish-qaytarmasligi haqidagi savolga javob berdi

Nagelsmann Kimmixni yarim himoyaga qaytarish-qaytarmasligi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann JCH-2026 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Ekvadorga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng, Yozua Kimmixning maydondagi pozisiyasi haqida gapirdi.

"Bavariya" xavbeki ushbu bahsda uchta markaziy himoyachidan biri sifatida maydonga tushdi. Bundan avval "Bundestim" ustozi Myunxen klubi yulduzidan mudofaaning o‘ng qanotida foydalanayotgan edi. Jurnalistlar murabbiydan Kimmixni o‘zining asosiy pozisiyasi — yarim himoyaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqyaptimi-yo‘qmi, deb so‘rashdi.

"Bunday holatda men Pavlovichni zaxiraga o‘tkazishim kerak, to‘g‘rimi? Menimcha, Aleks xuddi Nmecha kabi ishini a’lo darajada bajarmoqda. O‘z so‘zlarimni faqat takrorlashim mumkin: Yozua Yevro-2024 o‘yinlarida himoyada ajoyib o‘ynadi va barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Men tarkibdan Pavlovichni ham, Nmechani ham olib tashlamoqchi emasman — bu mening rejalarimga kirmaydi", — deya jurnalist Patrik Berger Nagelsmannning so‘zlarini keltiradi.

Germaniya terma jamoasi mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, guruhdan birinchi o‘rin bilan 1/16 finalga yo‘l oldi.

Kiritildi: 08:37, 26.06.2026.
O'qildi: 558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик