Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya - Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

«Everton» hanuzgacha «Arsenal» hujumchisini sotib olmoqchi

«Everton» hanuzgacha «Arsenal» hujumchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Arsenal» klubining braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus «Everton»ning qiziqishlar doirasida qolishda davom etmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «irislar» 29 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olishni hali ham istashmoqda, biroq «kanonirlar» yon bosgan bo‘lsa-da, bu transfer murakkabligicha qolmoqda. «Arsenal» Jezusning narxini 23–29 million yevrogacha tushirdi. Shunday bo‘lsa-da, Liverpul klubi rahbariyati kelishuvning umumiy qiymatidan, ayniqsa, hujumchining maosh bo‘yicha talablaridan xavotirda.

Alohida ta’kidlanishicha, yaqin vaqt ichida Braziliya va Yevropaning boshqa klublari ham Jezus uchun kurashga qo‘shilishadi.

Yakunlangan mavsumda Jezus barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:05, 28.06.2026.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик