Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Jahon chempionati-2026 1/16 finalida Yaponiya ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz bu haqda musobaqa boshlanishidan oldin ham gaplashgan edik. Futbolda xatolar bo‘lib turadi va ularning barchasidan qochib bo‘lmaydi. Ideal jamoa mavjud emas. Muhimi, jamoa bunday vaziyatlarga qanday munosabat bildirishi. Biz aynan shu jihat ustida ishlayapmiz. Eng muhimi — oldinga harakat qilishda davom etish. Ikkinchi bo‘limda aynan shunday yo‘l tutdik. Hech kim gol urishimizga shubha qilmagandi. Ikkinchi taymda o‘yinimizni yaxshilab, raqibning tezkor qarshi hujumlariga imkoniyat bermaslikka harakat qildik.
Bosimni his qilish — bu odatiy holat. Futbolda bu yangilik emas. G‘alabadan keyin yengillikni his qilish ham tabiiy. Men doimo shuni yodda tutamanki, mag‘lubiyatdan keyin bu yerda turish ancha og‘ir bo‘ladi.
Menimcha, bu hozirgacha musobaqadagi eng yaxlit o‘yinimiz bo‘ldi. Birinchi bo‘limda golli vaziyatlar yaratish qiyin kechdi, chunki raqib himoyada juda zich harakat qildi. Ikkinchi taymda esa qanotdan uzatmalar orqali va to‘pni jarima maydoniga tez-tez yetkazib berish hisobiga yechim izladik. Bugun qiyinchiliklarga duch kelganimizda, ularni hal qilish yo‘llarini topishga harakat qildik», — dedi Anchelotti.
Jahon chempionati 1/8 finalida Braziliya terma jamoasi Kot-d'Ivuar hamda Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kuch sinashadi.













