Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor 1-3 An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

“Bolaligimdan Jahon chempionatida o‘ynashni orzu qilardim” — Eldor Shomurodov

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodov 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtirok haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Hujumchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muxlislarga minnatdorchilik bildirib, ilk mundialdagi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bolaligimdan Jahon chempionatida o‘ynashni orzu qilardim. Bugun esa bu orzum ushaldi. Buni hissiyotlarni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Natija biz kutgandek bo‘lmadi va bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi. Ammo bu yo‘l menga unutilmas xotiralar, bebaho tajriba va yanada kuchliroq bo‘lish imkonini berdi”, deydi Shomurodov.

Shuningdek, futbolchi O‘zbekiston sharafini yirik musobaqa himoya qilish uning uchun katta faxr ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Eng muhimi, O‘zbekiston milliy jamoasi sharafini Jahon chempionatida himoya qilish men uchun ulkan faxr va mas’uliyat bo‘ldi. Yo‘limiz davomida meni va bizning milliy jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga chin dildan rahmat. Yo‘limiz davom etadi”, deya so‘zlarini yakunlagan jamoa sardori.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etib, guruh bosqichidagi o‘yinlarda Kolumbiya, Portugaliya hamda Kongo DR vakillariga imkoniyatni boy berdi va turnirni erta tark etdi. Shunga qaramay, Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli FIFA tomonidan JCH—2026 guruh bosqichining eng chiroyli gollari ro‘yxatiga kiritildi va hozirda bu sovrin uchun da’vogarlik qilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:20, 30.06.2026.
O'qildi: 872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик