Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Aleks Baena: «Psixolog bo‘lmaganida, men JCHda bo‘lmasdim»

Aleks Baena: «Psixolog bo‘lmaganida, men JCHda bo‘lmasdim»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi va «Atletiko» yarim himoyachisi Aleks Baena psixolog bilan ishlash uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida gapirib berdi.

Yaqindagina futbolchi Federiko Valverde bilan sodir bo‘lgan voqea uni hatto futboldan ketish haqida o‘ylashga majbur qilgani va bu juda og‘ir davr bo‘lganini esladi:

«Ha, chunki bu mening La Ligadagi birinchi mavsumim edi. TelevideniYE, matbuot va radioda qilayotgan har bir ishingizni tanqid qilishlarini kuzatish, oilangizga tahdidli xabarlar yuborishlari, ertalabdan qo‘ng‘iroq qilib, o‘lim bilan qo‘rqitishlari... Men ular uchun o‘zimdan ko‘ra ko‘proq qayg‘urdim.

Men intervyular va televideniye dunyosiga ozgina bo‘lsa-da ko‘nikkan edim, lekin yaqinlarimning har kuni o‘lim tahdidlari va haqoratli xabarlar olayotganini ko‘rish chidab bo‘lmas edi».

Baena bunday murakkab vaziyatdan qanday chiqib ketganini quyidagicha tushuntirdi:

«Oilam va do‘stlarimning mehri, eng muhimi, psixologimning yordami tufayli. Biz juda ko‘p ishladik, u meni qiyin vaziyatda tashlab qo‘ymadi va hammasi iziga tushib ketishi uchun bor kuchimizni ishga soldik.

Men buni doim aytaman. Menda diyetolog, fitnes-murabbiy va fizioterapevtdan iborat ajoyib ishchi jamoa bor, ular men uchun xuddi oilamdek bo‘lib qolishgan. Ammo shuni aniq ayta olamanki, agar psixologim bo‘lmaganida, men hozir bu yerda jahon chempionatida bo‘lmasdim».

Kiritildi: 16:23, 01.07.2026.
O'qildi: 387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик