Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

Potter: «Fransiyaga qarshi hatto ideal o‘yin ham yetarli bo‘larmidi, ishonchim komil emas»

Potter: «Fransiyaga qarshi hatto ideal o‘yin ham yetarli bo‘larmidi, ishonchim komil emas»

Baho:
+ | -

Shvesiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter uning jamoasi JCH-2026 1/16 finalida Fransiya terma jamoasiga (0:3) qarshilik ko‘rsata olmaganini tan oldi.

«Eng yaxshi jamoa g‘alaba qozondi, Fransiyani tabriklayman. Menimcha, o‘yin borasida biz ideal harakat qilishimiz kerak edi va agar shunday o‘ynaganimizda ham, rostini aytsam, bu yetarli bo‘larmidi, ishonchim komil emas, chunki raqib juda yuqori darajada edi.

Mening futbolchilarga hech qanday e’tirozim yo‘q. O‘yindan keyin ularga Fransiyadan uchralgan mag‘lubiyatni sharmandalik deb hisoblamasligimni aytdim, ular – eng yaxshi jamoa va ularda bir nechta yuqori saviyali futbolchilar bor.

Agar Fransiya jamoasining faoliyati va natijalariga nazar tashlab, ularni bizniki bilan solishtirsak, biz yosh, rivojlanayotgan jamoamiz, umid qilamanki, oldinda bizni ko‘plab yaxshi kunlar kutmoqda.

Menimcha, bizda ajoyib turnir bo‘ldi, u bizga o‘sish va o‘rganishga yordam berdi. Niderlandiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:5) keyin o‘ziga kelish, shuningdek, Yaponiya bilan o‘yinda (1:1) kerakli ochkoni qo‘lga kiritish futbolchilar uchun fantastik natija bo‘ldi. Biz bundan xulosa chiqarib, oldinga intilishimiz kerak.

Jahon chempionatida bizda o‘ndan ortiq debyutant bor, bu Fransiya jamoasidan sezilarli farq qiladi. Shunday ekan, bu orqali albatta yanada yaxshiroq bo‘lamiz. Bizda tajriba bor, g‘alaba qozonamiz, mag‘lub bo‘lamiz, jamoa va shaxs sifatida o‘samiz. Menimcha, bugungi o‘yinga aynan shunday qarashimiz kerak», – dedi Potter.

Kiritildi: 17:41, 01.07.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик