Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 finalida Meksikaga qarshi o‘yin oldidan ehtimoliy josuslik xavotirlari sabab Mexikoga uchishni kechiktirishga qaror qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Tomas Tuxel shogirdlari Kongo DR ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin Mexikoga yo‘l olish o‘rniga Kanzas-Sitidagi mashg‘ulotlar bazasiga qaytgan. Bunday qaror taktik ishlanmalar haqidagi ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilingan. Ta’kidlanishicha, Angliya terma jamoasining mashg‘ulotlar bazasi kuchaytirilgan xavfsizlik choralari bilan qo‘riqlanmoqda.
Avvalroq meksikalik muxlislar raqib uchun «do‘zax kechasi»ni tashkil etishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ular 1/8 final bahsi arafasida kuchli ovoz kuchaytirgichlar va avtomobil signallari orqali Angliya futbolchilarini uxlatmaslikni maqsad qilgan.
Meksika — Angliya uchrashuvi 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













